Ijtimoiy tarmoqlarda Tojikistondagi Roğun GES quriliş hududida favqulodda holat röy bergani va pastga suv oqib tuşayotgani aks etgan video tarqaldi. Manbalar hodisa oqibatida kamida beş kişi jarohatlanganini xabar qilgan.
Tojikiston hukumati 28-oktabr kuni bir hafta oldin röy bergan avariya yuzasidan maʼlumot berdi.
Sanoat va konçilik sohasida işlarning xavfsiz olib borilişini nazorat qiliş davlat xizmati «Aziya-Plyus» naşriga bergan maʼlumotda aytilişiça, hodisa 21-oktabr kuni taxminan soat 16:15 da GESning «B» seksiyasida, törtinçi yarusdagi quriliş tunnelida olib borilayotgan sementlaş işlari paytida sodir bölgan. Rezervuar yorilişi oqibatida texnik suv tunneldagi işçilar ustiga oqib tuşgan.
«Hodisa tunnelning çiqiş qismida, 32 va 33-sonli platformalar hududida sodir bölgan. Bu vaqtda u yerda Sino Hydro subpudrat kompaniyasi işçilari bölgan. Texnik suv ular ustiga quyilgan», – deyiladi idora izohida.
Rasmiy maʼlumotlarga köra, tunnelning uşbu qismida suv yiğiş uçun ikkita rezervuar joylaşgan. Yuqoridagi rezervuar yorilgandan söng pastdagi suv çiqariş rezervuari ham şikastlangan. Natijada ikkala rezervuardagi suv bir vaqtning özida tunnelning işçilar turgan quyi qismiga oqib tuşgan.
Hodisa oqibatida işçilardan heç birida jismoniy jarohatlar bölmagani, ularga tez tibbiy yordam körsatilgani va işga qaytişgani qayd etilgan.
«Ozodlik» radiosi esa öz manbasiga tayanib, hodisa oqibatida gidroelektrstansiyaning kamida beş nafar işçisi tan jarohati olganini xabar qilgandi.
Hodisa sabablarini aniqlaş va bunday holatlarning oldini oliş maqsadida işçi guruh tuzilgan. Mutaxassislar işlab çiqariş obyektlarida suv yiğiş rezervuarlarining texnik holatini, ankerli mahkamlagiçlarning işonçliligini va xavfsizlik talablariga rioya etilişini örganmoqda.
Bu birinçisi emas
Roğun GES qurilişidagi xavfsizlik masalasi oldingi yillarda ham kötarilgan. Jumladan, 2024-yil noyabr oyida quriliş maydonida yuz bergan avariya oqibatida uç nafar işçi halok bölib, yana bir kişi jarohatlangandi.
2025-yilda ham xavfsizlik masalasidagi muhokamalar davom etgan. Loyihada iştirok etayotgan Eron kompaniyasi xodimlaridan biri sifatsiz materiallar işlatilayotganini taxmin qilgan.



















