Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Şavkat Mirziyoyevni "Avaza" milliy sayyohlik zonasiga taşrif buyuriş hamda şiddat bilan rivojlanayotgan dengiz kurorti imkoniyatlariga baho berişni taklif qildi. Turkmaniston Davlat axborot agentligi xabariga köra, 1 may kuni Şavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhammedov örtasida bölib ötgan telefon muloqotida Turkmaniston prezidenti şunday taşabbus bilan çiqqan. 

Şuningdek Turkmaniston rahbari Kaspiy dengizi sohilida joylaşgan soğlomlaştiriş markazlari, kottej majmualari va haşamatli mehmonxonalar  özbekistonliklarga xizmat körsatişga tayyor ekanini  bildirdi. Dengizning yod, brom kabi mikroelementlarga boyligi, hudud havosidagi foydali fitonsidlar inson salomatligi uçun muhim ekani alohida qayd etildi. 

Bundan taşqari, Gurbanguli Berdimuhammedov Şavkat Mirziyoyevga Bolqon viloyatida hududni rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan loyihalar bilan tanişişni taklif qildi.

Şavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovning Turkmanistonga taşrif haqidagi taklifini qabul qilgan va taşrif sanasi diplomatik yöllar orqali kelişilişi ta'kidlangan, deyiladi Turkmaniston prezidenti matbuot xizmatida.