Somali poytaxti Mogadişoda boş auditor Nura Faraxning tansoqçilari prezident saroyi yaqinida jamoatçilik işlari va rekonstruksiya vaziri Abbos Abdullohiyni otib taşlaşdi. Bu haqda mahalliy politsiya vakili xabar berdi, deb ma'lum qildi Associated Press axborot agentligi.

Ma'lumotlarga qaraganda, tansoqçilar prezident rezidensiyasi oldidagi nazorat-ötkaziş punkti yaqinida Abdullohiyning maşinasiga qarata öq uzişgan. Politsiyada nima sababdan öq uzilgani noma'lum ekanligi aytildi.
Ikki vazir ketayotgan maşina boş auditor maşinasiga yaqinlaşib, uning ortidan yura boşlagan. Şunda Farax tansoqçilari orqalarida kelayotgan maşinaga qarata öq uzişni boşlaşgan. Vazir tansoqçilari ham bunga javoban öq uzişgan. Otişma oqibatida Abdullohiy halok bölgan, ikkinçi vazir esa jarohat olgan.
Abdullohiy sobiq qoçqin bölib, öz hayotining aksariyat qismini Keniyadagi lagerda ötkazgan. U şuningdek Somali hukumatidagi eng yoş vazir hisoblanardi. U Somali vazirlar mahkamasida mart oyida, prezident saylovlaridan keyin qasamyod keltirgandi.











