“Toşkent” seysmostansiyasining bergan ma'lumotiga köra, 2017 yilning 4 may kuni soat 16:10 da respublikamizning ayrim hududlarida takroriy zilzila (afterşok) qayd etilgan. Bu haqida FVV xabarnomasida ma'lum qilindi.

Zilzila markazi Toşkent şahrining janubi-şarqiy yönalişida 260 km uzoqlikda Tojikiston Respublikasi hududiga töğri keladi. Bu yerda qayd etilgan zilzila magnitudasi 5,2 ni taşkil qildi.

Respublika hududida seysmik faollik Farğonada - 2 ball, Andijonda - 2 ball, Namanganda - 2 ball, Toşkentda - 2 ballga yaqin bölgan.

Zilzila oqibatida jabrlaniş holatlari va talofatlar kuzatilmadi.