AQŞ prezidenti Donald Tramp payşanba kuni diniy erkinliklar haqidagi ijro etiluvçi farmonini imzolagan.
Hujjatga köra, diniy taşkilotlar siyosiy nomzodlarni qöllaşi, siyosat bilan boğliq u yoki bu faoliyat turlari bilan şuğullanişlari mumkin. Farmonga qarşilar uni «biri ikkinçisini inkor etuvçi narsalarga töla», deya baholaşmoqda.
Lekin Tramp oq uyda çiqiş qilar ekan, «bu farmon AQŞdagi din va söz erkinligini himoya qilişi»ni bildirgan. Uning sözlariga köra, «u soliq idoralariga siyosiy çiqişlari uçun diniy taşkilotlarni ta'qib qilişlariga yöl qöymaydi».
«Mening ma'muriyatim amalda bölgan paytda söz erkinligi, çerkov, sinagoga va boşqa diniy maskanlarning ostonasida töxtab qolmaydi. Hukumat endi heç qaçon diniy tuzilmalarni öz nuqtai nazarini bayon qilgani uçun ta'qib etmaydi», — degan Tramp.
U şuningdek, «AQŞ heç qaçon diniy kamsitiş bilan şuğullanmasligi»ni aytib ötgan. «Biz heç qaçon e'tiqod qiluvçilarni ta'qib qiliş yoki ularga nisbatan kuç işlatişga qöyib bermaymiz», — degan prezident.
Tramp tomonidan imzolangan farmon «Jonson tuzatişi» deb ataluvçi qoidani harakatdan töxtatadi. U 1954 yilda senator (keyinçalik prezident bölgan) Lindon Jonson tomonidan kiritilgan edi. Unga köra, çerkovlar va boşqa diniy taşkilotlar u yoki bu siyosatçilarni qöllab yoki ularga qarşi çiqiş qilişsa — soliq imtiyozlaridan mahrum etilardi.
Bu orada Oq uy vakili jurnalistlarga Donald Tramp AQŞ prezidenti sifatida ilk xorijiy taşrifini Saudiya Arabistonidan boşlaşini ma'lum qilgan.
Trampning özi Saudiyaga uyuştiriladigan taşrifdan közda tutilgan maqsad — terrorizmga qarşi kuraşiş uçun muhim asos yaratiş, deya ta'kidlagan.
«Saudiya Arabistonida butun musulmon olamining yetakçilari bilan tarixiy uçraşuv bölib ötadi. Saudiya Arabistoni — islom dinining ikki muqaddas göşasi qöriqçisi hisoblanadi va aynan u yerda biz ekstremizm, terrorizm va zulmga qarşi kuraşiş uçun bizning ittifoqçi musulmon döstlarimiz yangi poydevor yaratamiz», — degan Tramp, Oq uyning Atirgullar boğida çiqiş qilar ekan.
Ilgariroq Tramp may oyida Saudiya Arabistoni, Isroil va Vatikanga borişini, şundan söng NATOning Bryusseldagi sammiti va Sitsiliyada ötadigan «katta yettilik» uçraşuvida qatnaşajagini ma'lum qilgan edi.












