Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev «2017−2021 yillarda Xiva şahri va Xorazm viloyati sayyohlik salohiyatini kompleks rivojlantiriş Dasturi töğrisida"gi qarorni imzoladi. 

Hujjat Xiva hamda Xorazm viloyati turistik salohiyatini yanada rivojlantiriş va undan samarali foydalanişni oşiriş, sayyohlarning Xiva şahri noyob tarixiy-madaniy va me'morçilik merosi bilan yanada keng tanişişi uçun ijobiy şaroit yaratişni maksimal darajada ta'minlaş, mintaqa zamonaviy turistik infratuzilmasining rivojlanişini tezlaştiriş va taqdim etilayotgan turistik, mehmonxona va transport xizmatlari sifatini takomillaştiriş, içki sayyohlikni faollaştiriş, turistik soha uçun kadrlar tayyorlaşni yaxşilaş, şuningdek, yangi iş örinlarini yaratiş va viloyati aholisi daromadining ortişini rağbatlantiriş maqsadida qabul qilindi.

Qaror bilan «2017−2021 yillarda Xiva şahri va Xorazm viloyati sayyohlik salohiyatini kompleks rivojlantiriş Dasturi" tasdiqlandi. Unda respublikaning asosiy sayyohlik markazlarini boğlovçi temir yöl tarmoğini quriş, xorijiy mamlakatlardan charter reyslarini yölga qöyiş hamda muntazam reyslarni köpaytiriş, Urganç-Xiva yönalişida qulay sayyohlik avtobuslari qatnovini taşkil etiş kabilar közda tutilgan.

Içki turizmni rivojlantiriş maqsadida Samarqand-Urganç, Buxoro-Urganç va Farğona-Urganç aviareyslarini oçiş ham möljallangan.

Bundan taşqari, 2017−2021 yillarda turistik xizmatlar eksporti hajmini 2,3 barobarga, sayyohlar sonni esa 2,1 barobargaça oşiriş rejalaştirilgan.

Tegişli vazirlik va idoralarga hamda joylardagi mahalliy hokimiyat organlariga “Içan qal'a” majmuasi içi va atrofida restavratsiya işlarini bajarişni nazarda tutgan Xivani batafsil loyihalaştiriş dasturini işlab çiqiş vazifasi topşirildi.

Şuningdek, Xiva şahri va Xorazm viloyatiga turistlar oqimini oşiriş böyiça tegişli taşkiliy-amaliy çora-tadbirlarni qabul qiliş, şu maqsadda Xiva şahri brendini işlab çiqişni közda tutiş, 2017-2021 yillarda keng reklama kampaniyasini taşkil qiliş va ötkaziş vazifasi ham yuklatildi.