Rossiya boş ştabi boşliği Vladimir Gerasimov va AQŞ ştablari boşliqlari birlaşgan qömitasi boşliği Jozef Danford özaro telefon muloqoti ötkazib, Suriya havo hududida xavfsizlikni ta'minlaş va noxuş voqealarning oldini oliş böyiça memorandumga muvofiq majburiyatlarni bajarişni töliq tiklaşga tayyorliklarini tasdiqladilar. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabar bermoqda.
Bundan taşqari, harbiylar IŞID va "Jibhat an-Nusra" terrorçilik guruhlariga qarşi operatsiyalar ötkazişda mojaroli vaziyatlarning oldini oliş uçun qöşimça çoralar ustida işlaşga tayyorliklarini bildirdilar.
Rossiya uşbu kelişuvning amal qilişini AQŞ Suriyadagi Şayrat aviabazasiga zarba bergandan keyin töxtatgandi.
Avvalroq Rossiya taşqi işlar vazirligi Suriyada harbiy harakatlardan xoli deeskalatsiya hududlarini yaratiş haqidagi memorandumni çop etgandi. Hujjatni kafolotlovçi davlatlar Rossiya, Eron va Turkiya Ostonadagi muzokaralarda imzoladi. Deeskalatsiya hududlari Idlib viloyati va 7 ta boşqa tumanni öz içiga oladi. Hujjatga köra, bu hududlarda hukumat qöşinlari va qurollangan guruhlar örtasida har qanday töqnaşuvlar töxtatilişi kerak.












