Bugun, 7 may kuni Toşkentdagi «Özbekiston» sport majmuasida boks böyiça bölib ötgan Osiyo çempionati nihoyasining yopiliş marosimi bölib ötdi. Bir hafta davom etgan boks musobaqasida mezbonlar jamoasi mutloq ustunlikka erişdi.

Turnirda Özbekiston şarafini himoya qilgan 10 nafar boksçidan 9 nafari qit'a çempionatini çempion sifatida yakunladi.

Turnirning eng yaxşi boksçisi ham Özbekistondan böldi, Hasanboy Döstmatov oltin medaldan taşqari şunday mukofot bilan ham taqdirlandi.

Hasanboy qit'aning eng yaxşi boksçisi uçun beriladigan mukofotni Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti Serik Konabayevdan qabul qilib oldi.

Ma'lumot uçun, Osiyo çempionatida Özbekiston terma jamoasi 10 ta imkoniyatdan 9 ta oltin medalni qölga kiritib, qit'ada mutlaq rekord örnatdi. Jahon çempionatiga esa turnirda iştirok etgan 10 nafar boksçining hammasi boradigan böldi.