Osiyo Kubogi U-17. Final
Özbekiston — Saudiya Arabistoni 2:0
20 aprel. Toif. «Qirol Fahd» stadioni
Gollar: Muhammad Hakimov (50, penalti), Sadriddin Hasanov (71).
Özbekiston — Ne’matulloh Rustamjonov, Muhammad Hakimov, Möminxon Bahodirxonov, Miraziz Abdukarimov, Sadriddin Hasanov (Jamşid Rustamov, 79), Muhammad Habibullayev (Amirxon Murodov, 90+3), Sayfiddin Sodiqov (Behruz Saidmurodov, 46), Muhammadali Musoxonov, Abubakr Şukurullayev (Asilbek Aliyev, 46), Azizbek Erimbetov (Azizbek Abdumöminov, 75), Nurbek Sarsenbayev.
Çetlatişlar: Nurbek Sarsenbayev (40), Miraziz Abdukarimov (45).
20 aprel kun Saudiya Arabistonining Toif şahridagi «Qirol Fahd» stadionida ösmirlar örtasidagi Osiyo çempionati final uçraşuvi bölib ötdi. Mezbonlarga qarşi maydonga tuşgan Özbekiston vakillari qahramonlik körsatib, işonçli ğalabaga erişdi.
Birinçi bölimdayoq Özbekiston 9 kişi bölib qoldi: öyinning 39-daqiqasida Nurbek Sarsenbayev raqib öyinçisi bilan töqnaşgaç, unga oyoği bilan zarba berdi. Qatarlik hakam bu holatni qizil kartoçkaga loyiq kördi, VAR qarorni öz kuçida qoldirdi. Futbolçi maydonni közda yoş bilan tark etdi.
Birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda esa Miraziz Abdukarimov «sönggi umid foli» uçun maydondan çetlatildi.
Bu zarbalardan özbekistonliklar ruhiyatini çöktirmadi va ikkinçi bölimni hujumkorlik bilan boşladi. 50-daqiqada mezbonlar futbolçisi jarima maydoni içida töpni qöli bilan öynadi, Muhammad Hakimov esa belgilangan penaltini aniq ijro etib, hisobni oçdi.
70-daqiqada esa darvozabon Ne’matulloh Rustamjonov ketma-ket seyvlardan söng tezkor qarşi hujumni boşladi, qanotdan oldinga taşlangan Sadriddin Hasanov raqib posboni bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib bordi va töpni uning oyoqlari orasidan ötkazib, ikkinçi golni urdi.

Öyinning qolgan qismida ham Özbekiston vakillari 9 kişi holatida ğalabani saqlab qolib, Osiyo çempioniga aylandi.
Islom Ismoilov boşçiligidagi jamoa turnirni öta kuçli ötkazdi: guruh bosqiçida dastlab Tailandni 4:1 hisobida mağlub etgan, ikkinçi turda Xitoy ustidan 2:1 hisobida irodali ğalabaga erişib, guruh bosqiçi va jahon çempionati yöllanmasini hal qilgandi. Uçinçi turda mezbon Saudiya Arabistoniga qarşi rasmiyatçilik uçun ötkazilgan öyinda ham 3:0 hisobida ğalaba qayd etilgandi.

















































