30 aprel - 7 may kunlari davomida Toşkentdagi «Özbekiston» sport majmuasida boks böyiça bölib ötgan Osiyo çempionati mezbonlarning töla ustunligida yakunlandi. Özbekiston terma jamoasi 10ta oltin medal imkoniyatidan 9tasini qölga kiritib, Osiyoda yangi rekord qayd etdi.

6 may kungi janglarda Özbekiston vakillari 4ta oltin medal olişdi.

-56 kg vazn toifasida Murod Ahmadaliyev Jiavei Jangni (Xitoy) nokautga uçratdi. Şu kuni Elnur Abduraimov (-60 kg), Isroil Madrimov (-75 kg) va Bektemir Meliqöziyev (-81 kg) birin-ketin öz janglarida ğolib çiqişdi.

7 may kuni yana özbekistonlik 5 sportçi ringga kötarildi.

Rio-2016 Olimpiadasi çempioni Hasanboy Dösmatov (49 kg gaça) hal qiluvçi jangni möğulistonlik Gan Erdene Ganxuyangga qarşi ötkazdi va yakunda ğolib çiqdi. Döstmatov Osiyo çempionatining öz vazn toifasida ikkinçi bor tengsiz böldi. U şuningdek, turnirning eng yaxşi boksçisi sifatida tan olindi.

Foto: fb.com/ASBC.Boxing

Terma jamoa hisobiga oltinçi oltinni -52 kg vazn toifasida iştirok etgan Jasur Latipov keltirdi. U janubiy koreyalik In Kyu Kim ustidan ğalaba qozondi.

Foto: fb.com/ASBC.Boxing

Yettinçi va sakkizinçi oltin medallarga 64 kilogrammgaça bölgan vazn toifasidagi Iqbol Xoldorov hamda 69 kilogrammgaça bölgan vazn toifasida ringga kötarilgan Şahram Ğiyosov ega çiqdi. Osiyo çempionatining 10ta vazn toifasidagi janglarida 8ta oltin medalni qölga kiritiş Özbekiston terma jamoasi uçun rekord natija hisoblanardi. 

Foto: fb.com/ASBC.Boxing

Özbekiston vakillari öz rekordini örnatiş bilan çeklanmasdan, Osiyo rekordini ham urişdi. Termaning eng oğir vazndagi vakili Bahodir Jalolov qozoğistonlik Kamişbek Konkabayevni yengdi va töqqizinçi oltinni naqd qildi. Osiyo çempionatida şu vaqtgaça heç qaysi terma jamoa 9ta oltinni qölga kiritmagandi. Şu kungaça Osiyo çempionatlarida ikki marta (1965 Seulda, 1987 yil Kuvaytda) Janubiy Koreya terma jamoasi 8tadan oltin medalga ega çiqqandi. Özbekiston Osiyo rekordini örnatgan holda Germaniyadagi jahon çempionatiga boradigan böldi.

Turnirda Özbekiston 9ta oltin medal bilan birinçi, Qozoğiston 1ta oltin, 3ta kumuş va 4ta bronza bilan ikkinçi, Hindiston Möğuliston terma jamolari esa 2tadan kumuş va bronza medallar bilan uçinçi örinni bölib olişdi.

Jahon çempionati şu yilning 23 avgustidan 4 sentabriga qadar Hamburg şahrida bölib ötadi va unda Özbekiston şarafini 10 nafar boksçi himoya qiladi (10 nafar boksçi orasidan faqatgina Sanjar Tursunov çorak finalda yengilgandi. Şunga qaramay, ötiş uçraşuvida ğalaba qozongan Tursunov ham Germaniyada ötadigan Jahon çempionati çiptasiga ega çiqqan).

Özbekistonlik boksçilar iştirokidagi janglarni "Kun"ning YouTube'dagi kanali orqali tomoşa qilişingiz mumkin.