Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini ta'minlaş böyiça olib borilayotgan işlar natijadorligi va samaradorligini oşirişda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining şaxsiy mas'uliyatini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori e'lon qilindi. Hujjat matni ÖzA tomonidan keltirilgan.

Qarorda aytilişiça, yangi iş örinlarini taşkil etiş, iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari hamda tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini rivojlantiriş va kengaytirişda ularga amaliy yordam körsatiş böyiça aniq yönaltirilgan va tizimli işlar olib borişda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleks hududiy organlari rahbarlarining şaxsiy mas'uliyatini kuçaytiriş, şu asosda band bölmagan aholini, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvçilarini işga joylaştiriş masalalarini hal qiliş maqsadida: 

2017 yilning 1 iyulidan boşlab mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini aholi bandligini oşiriş uçun moddiy rağbatlantiriş va şaxsiy mas'uliyatini kuçaytiriş tizimini joriy etiladi, unga muvofiq: 

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyat, şahar va tumanlar hokimlari aholi bandligi ösişining tasdiqlangan har çorak prognoz körsatkiçlari (keyingi örinlarda – prognoz körsatkiçlari) bajarilişini ta'minlagan taqdirda ularga lavozim maoşlarining 15 foizi miqdorida mukofot tölanadi, prognoz körsatkiçlari bajarilişi ta'minlanmagan taqdirda lavozim maoşlarining 15 foizi miqdorida jarima şaklida intizomiy jazo çoralari qöllaniladi; 

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisining, viloyat, şahar va tumanlar hokimlarining birinçi örinbosarlariga, iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga prognoz körsatkiçlari bajarilişi ta'minlangan taqdirda lavozim maoşlarining 20 foizi miqdorida mukofot tölanadi, prognoz körsatkiçlari bajarilişi ta'minlanmagan taqdirda lavozim maoşlarining 20 foizi miqdorida jarima solinadi. 

2018 yildan boşlab aholi bandligi ösişining prognoz körsatkiçlari respublikamiz hududlari kesimida har çorak böyiça taqsimlangan holda, tasdiqlangan hududiy va tarmoq rivojlaniş dasturlariga muvofiq taşkil qilinadigan doimiy iş örinlari körsatkiçlarini inobatga olib, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan har yilgi Aholi bandligi dasturiga kiritiladi; 

aholi bandligi ösişining prognoz körsatkiçlari şahar va tumanlar kesimida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan har yilgi aholi bandligi manzilli hududiy dasturlariga kiritiladi. 

Qaror bilan quyidagilar belgilandi: 

mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari va ularning birinçi örinbosarlariga hamda iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga mukofot yoki jarima hajmini belgilaş uçun asos böladigan aholi bandligi ösişi körsatkiçlarini aniqlaşda band aholi sonining tasdiqlangan prognoz körsatkiçlariga nisbatan özgarişi hisoblanadi; 

band aholi soni Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan taşqari Pensiya jamğarmasiga suğurta badallari tölayotgan fuqarolar umumiy soni asosida aniqlanadi; 

mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari va ularning birinçi örinbosarlari hamda iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga mukofot beriş va ularning oylik maoşidan jarima undiriş har çorak prognoz körsatkiçlari bajarilişi natijalariga köra kelgusi çorak davomida amalga oşiriladi. 

Mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini aholi bandligini oşiriş uçun moddiy rağbatlantiriş va şaxsiy mas'uliyatini kuçaytiriş çora-tadbirlarini muvofiqlaştiriş böyiça komissiya taşkil etiladi.

Komissiya Özbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Davlat soliq qömitasi va Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan taşqari Pensiya jamğarmasi tomonidan prognoz körsatkiçlarining hududlar kesimida bajarilişi töğrisida kiritilgan ma'lumotlar asosida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimlari va ularning birinçi örinbosarlariga nisbatan ularni moddiy rağbatlantiriş va şaxsiy mas'uliyatini kuçaytiriş çoralarini qöllaş haqidagi masalani har çorak yakunlari böyiça körib çiqadi; 

aholi bandligi prognoz körsatkiçlarini bajariş uçun moddiy rağbatlantiriş va şaxsiy mas'uliyatni kuçaytiriş tizimini takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlar, şuningdek, iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga nisbatan rağbatlantiriş va intizomiy jazo qöllaş böyiça tegişli çoralar köriş töğrisida takliflar kiritadi. 

Komissiyaga, zarur hollarda, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Mehnat vazirligi, mahalliy ijro hokimiyati organlarining prognoz körsatkiçlari amalda bajarilişi dinamikasidan kelib çiqqan holda işlab çiqqan asoslangan takliflari böyiça Özbekiston Respublikasi hududlari kesimida tasdiqlangan 2017 yilning III va IV çoragida aholi bandligi ösiş prognoz körsatkiçlariga özgartişlar kiritiş huquqi berildi. 

Lavozim maoşlaridan jarimalar undiriş quyidagi tartibda amalga oşiriladi: 

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimlari hamda ularning birinçi örinbosarlariga – Komissiyaning taqdimnomasi böyiça Vazirlar Mahkamasining qarori asosida; 

şahar va tuman hokimlari hamda ularning birinçi örinbosarlariga – Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimlari qarorlari asosida; 

iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga – iqtisodiy kompleksning respublika organlari rahbarlari qarorlari asosida. 

Bundan taşqari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyat, şahar va tumanlar hokimlari, ularning birinçi örinbosarlari, iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlari öz iş faoliyatida iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari hamda tadbirkorlik sub'yektlariga ular faoliyatini rivojlantiriş va kengaytirişga tösqinlik qilayotgan muammolarni, jumladan, joylarga çiqqan holda tizimli hal qilişda amaliy yordam körsatiş, şu asosda band bölmagan aholini, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvçilarini işga joylaştiriş masalalarini hal qilişga qat'iy va sözsiz rioya etadi. 

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyat, şahar va tumanlar hokimlari, ularning birinçi örinbosarlari, şuningdek, iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlari uzluksiz ikki çorak davomida yoki yil davomida uç çorakda prognoz körsatkiçlari bajarilmaganligi taqdirda ularning aholi bandligini ta'minlaş borasidagi işlari qoniqarsiz, deb topilişi va egallab turgan lavozimlariga noloyiqligi masalasi körib çiqilişi haqida ogohlantiriladi.