Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasining yangi prezidenti Mun Je Inni saylovdagi ğalaba bilan tabrikladi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

«Özbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi örtasidagi diplomatik munosabatlar ötgan 25 yil davomidagi haqiqiy döstlik, kuçli strategik şeriklik, ikki tomonlama va xalqaro doiradagi dolzarb masalalar böyiça konstruktiv muloqotni öz içiga oladi», — deya qayd etilgan maktubda.

Tabrikda ta'kidlanişiça, tomonlar avtomobilsozlik, maşinasozlik, elektr energetika, neft-gaz, elektrotexnika, töqimaçilik sanoati, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va boşqa sohalarda Janubiy Koreyaning yetakçi kompaniyalari iştirokida investitsion hamkorlik borasida ulkan ijobiy tajriba töplagan.

Özbekiston rahbarining qayd etişiça, Özbekiston öz taşqi siyosatida izçillik va tadrijiylikni saqlagan holda Koreya Respublikasi bilan döstlikni va konstruktiv hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan yöldan olğa boradi.

Şavkat Mirziyoyev Mun Je Inni öziga qulay vaqtda Özbekistonga rasmiy taşrif bilan kelişga taklif qilgan.