Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning topşiriğiga muvofiq Iqtisodiyot vazirligi tomonidan vazirliklar, idoralar, xöjalik birlaşmalari va korxonalarning takliflari asosida joriy yilning ikkinçi yarmida özlaştiriş va yetkazib berişga tavsiya etilgan 40 000 dan ziyod mahsulotlar röyxati işlab çiqilgan.
E'lon qilingan röyxatga kiritilgan mahsulotlar iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida doimiy yuqori talabga ega bölib, işlab çiqarilayotgan mahsulotlarning narx-navosi va texnik parametrlari ma'qul kelgan taqdirda, ularni işlab çiqaruvçi korxonalar bilan 2017 yilning 2 yarim yilligida xarid qiliş uçun şartnomalar tuzilişi mumkin.
Mahsulotlarni özlaştiriş va yetkazib beriş böyiça buyurtmalarga ega böliş uçun Iqtisodiyot vazirligining maxsus elektron poçta manziliga töldirilgan talabnomani yuboriş lozim.
Kelib tuşgan barça talabnomalar tegişli iste'molçi-taşkilotlarga körib çiqiş va şartnomalar tuziş uçun taqdim etiladi.











