Özbekistonning Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum «C» guruhida uçinçi örinni egallab, pley-off bosqiçiga yöl olgan Uzbek Tigers jamoasi bugun 13 may kuni Samarqand şahridagi «Mö'jiza» amfiteatrida Butunjahon Boks seriyasi (WSB) doirasidagi çorak final bosqiçining ilk uçraşuvini ötkazadi.

Özbekistonlik boksçilar amaldagi çempionlar - Kubaning Cuba Domadores jamoasiga qarşi ringga kötariladi. Jamoa murabbiylari mazkur bahsga kuçli tarkibni tanlaşga qaror qilişgan. Öz örnida kubaliklar ham Özbekistonga asosiy tarkib bilan yetib kelgan. Demak, Samarqandda bölib ötadigan boks keçasida:

49 kg: Hasanboy Dösmatov - Joxanus Argilagos
56 kg: Murodjon Ahmadaliyev - Xaver Ibanes
64 kg: Iqboljon Xoldorov - Endi Kruz
75 kg: Isroil Madrimov - Arlen Lopes
91 kg: Sanjar Tursunov - Erislandi Savon

kabi boksçilar ringga kötarilişadi. Jamoalarning javob uçraşuvi 20 may kuni Havana şahrida ötkaziladi. Uçraşuv 19-30da boşlanadi. 

Kun.uz sayti tahririyati Uzbek Tigers jamoasi a'zolariga omad yor bölişini tilaydi.