Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xitoy poytaxti Pekinda ötayotgan xalqaro hamkorlik böyiça «Bir makon, bir yöl» strategiyasi doirasidagi oliy darajadagi forum doirasida Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdöğan bilan uçraşdi, deb xabar bermoqda ÖzA.
Ikki siyosatçi uçraşuvi Four Seasons mehmonxonasida matbuot uçun yopiq şaroitda ötkazilgan va bir soatga yaqin davom etgan.
Uçraşuv davomida 2016 yil 18 noyabrda Samarqand şahrida bölib ötgan muzokaralarda erişilgan kelişuvlar ijrosining borişi muhokama qilindi. Turizm infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, töqimaçilik, könçilik, kimyo va farmatsevtika sanoatlari, quriliş materiallari işlab çiqariş hamda qişloq xöjaligini mahsulotlarini qayta işlaş sohasi hamda boşqa yönalişlarda loyihalarni amalga oşiriş böyiça ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikning özaro manfaatli rivojiga alohida e'tibor qaratildi.
Davlat rahbari Özbekiston va Turkiya örtasidagi hamkorlikning yanada rivojlantiriş borasida fikr almaşiş uçun uşbu uçraşuv qulay imkoniyat ekanligini ta'kidlab ötdi.

Turkiya prezidenti öz mamlakati Özbekiston bilan munosabatlarni har ikki xalq manfaatlariga mos bölgan yuksak darajaga olib çiqişga tayyorligini ta'kidladi.
Prezident Özbekiston va Turkiya siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm va boşqa sohalarda özaro hamkorlikni rivojlantiriş uçun töliq işga tuşirilmagan ulkan salohiyatga ega ekanligini qayd etib ötdi.












