Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Tovarlar eksportini rağbatlantirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida» 1997 yil 10 oktabrdagi PF-1871-sonli Farmoni talabiga köra Özbekiston Respublikasi xududiga maxsus ruxsatnomasiz qurol-yaroğ, öq-dori va ularning qismlarini olib kiriş taqiqlangan.

Samarqand viloyati bojxona boşqarmasi axborot xizmatining xabar berişiça, Samarqand viloyati bojxona boşqarmasi “Samarqand aeroport” çegara bojxona posti xodimlari mazkur tartiblarga buysunişni istamagan, “Vnukova-Samarqand” yönalişidagi aviareys bilan uçib kelgan fuqaro A.Raximovning qinğir qilmişlarini foş qilişdi. Qarangki, uşbu şaxsga tegişli bagaj bojxona körigidan ötkazilganda, unda yölovçi bojxona deklaratsiyasida qayd etilmagan 2 turdagi 2500 dona ov quroli gilzaci kapsulalari yaşirinça olib kirilayotganligi aniqlandi.

Viloyat ekspert-kriminalistika bölimi ekspertlari xulosasiga köra, fuqaro A.Raximovdan huquqbuzarlik aşyosi sifatida olingan 2000 dona sariq rangli kapsula(piston)lar ov öq-dori turiga kirmasligi, taqdim etilgan holida ov patronlar qismi hisoblanişi, şuningdek, 500 (beş yuz) dona allyumin rangli kapsula(piston)lar plastmassa gilzalarga qöyib foydalaniş uçun möljallanganligi, mazkur kapsulalar foydalaniş uçun yaroqli ekanligi körsatilgan.

Samarqand şahar Jinoyat işlari böyiça sudining 2017 yil 2 maydagi qaroriga muvofiq, fuqaro A.Raximov Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 227-22-moddasi 1-qismida körsatilgan huquqbuzarlik holatini sodir etgan deb topilib, unga qonunçilikda belgilangan ta'sir çorasi qöllanildi hamda huquqbuzarlik aşyosi sifatida olingan jami 2500 dona gilza kapsyullari davlat foydasiga musodara qilingan.