BMTning “elektron hukumat” rivojlanişi böyiça jahon mamlakatlari reytingida telekommunikatsiya infratuzilmasi va uning tarkibiga muhim me'yor sifatida qaraladi. Jumladan, har 100 kişiga internet uluşi, telefon aloqasi uluşi, har 100 kişiga töğri keladigan mobil abonentlar soni, keng polosali simli va simsiz internet foydalanuvçilari soni muhim körsatkiçlar hisoblanadi. 

Garçi, sönggi vaqtlarda, Özbekiston hududlarida 20 ming kilometrdan ziyod optik tolali aloqa liniyasi yotqizilgan bölsa ham, afsuski, bugungi kunda keng polosali simli internetga ulaniş körsatkiçi mamlakatimizda har 100 nafar foydalanuvçiga 1.33 kişini taşkil qilmoqda. Bu esa reytingda Özbekistonning örniga jiddiy ta'sir etgan. 

Keng polosali internetni joriy qiliş optik tolali aloqa kabellariga bölgan ehtiyojni oşirmoqda. Xususan, hisob-kitoblarga köra, 2021 yilga qadar Özbekistonda optik tolali aloqa kabellariga bölgan ehtiyoj 277 ming kilometrni taşkil qiladi. Şuni inobatga olib, Özbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi tomonidan respublikada optik tolali aloqa kabeli işlab çiqarişga ixtisoslaşgan korxona faoliyatini yölga qöyiş taklifi ilgari surilgan va davlat rahbariyati tomonidan ijobiy qarşilangan. 

“Özbektelekom” AJ boş direktori Şuhrat Qodirovning Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida ma'lum qilişiça, bugungi kunda uşbu masalani hal etiş uçun Toşkentning Çilonzor tumanidagi sobiq “Rele-avtomatika” zavodi binosida yangi işlab çiqariş korxonasi taşkil etiladi. Unda yiliga 50 ming km ilğor aloqa kabeli işlab çiqariladi. Import örnini bosuvçi va eksportga yönaltirilgan mahsulot işlab çiqarilişi bilan 150 mln dollar miqdoridagi mablağ tejaladi.