Fransiya çempionatining 31-turida qoldirilgan uçraşuvi bölib ötdi. Unda «Monako» Fransiya çempionatlari tarixida eng köp çempion bölgan «Sent-Eten»ni qabul qildi.
Uçraşuvning 19-daqiqasida 18 yoşli Kilian Mbappe Radamel Falkao tomonidan yetkazib berilgan töpdan söng darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib bordi va uni ham aldab ötib hisobni oçdi. Uşbu gol öyinda yagonaligi saqlab qoldi.
Natijada 37 uçraşuvda 92 oçko jamğargan «Monako» 17 yildan söng ilk marta Fransiya çempioni degan nomni qölga kiritdi. Bu monegaskliklarning Fransiya çempionatlari tarixida 8-ğalabasi böldi. «Sent-Eten» (10 marta) va «Marsel»gina (9 marta) «Monako»dan köproq mamlakat çempioni bölişga muvaffaq bölgan.
Fransiya 1 ligasi
31-turning qoldirilgan uçraşuvi
Monako – Sent-Eten 1:0 (1:0)
Gol: Mbappe (19).
Monako: Subaşiç, Glik, Jyemerson, Mendi, Fabino, Lemar, Moutinyu, Mbappe (Radji, 90), Bernardu Silva (Jyermen, 69), Sidibe, Falkao (Karrilo, 88).
Sent-Eten: Ryuffe, Lakrua, Pogba, Poloma, Teofil-Katrin, Maiga (Kleman, 21), Veretu, Norden, Lemuan (Roşa Santuş, 85), Seve, Toft-Soderlund (Amuma, 68).
Ogohlantirişlar: Bernardu Silva (67), Lakrua (78).












