Köçmas mulk narxi böyiça jahon reytingida yetakçi bölgan Monakoda 1 million dollar atigi 16 m2 maydonga yetadi. Bu ikki yil oldingidan ham kam. Honkongda xaridor taxminan 22,5 m2, Nyu-Yorkda esa 33,9 m2 oladi. Taqqoslaş uçun: London, Singapur va Jyenevada körsatkiçlar 32–34 m2 oraliğida.
«Prime-köçmas mulk super taqçil joylarda haqiqiy «oltin metr»ga aylandi. Maydon ikkinçi darajali bölib qolmoqda, asosiysi - manzil va maqom», deb ta’kidlaydi Knight Frank tahlilçilari.

Millionga qaysi joylarda köproq sotib oliş mumkin?
Yevropa va Osiyo megapolislaridan farqli ölaroq, Dubayda xuddi şu pulga Burj Xalifa yoki suv qirğoğiga qaragan premium majmuada +100 m2 joyga ega böliş mumkin. Aynan Dubay 2025 yilda narx böyiça eng yuqori ösiş sur’atlaridan birini körsatdi - bir yil içida +25% va beş yil içida deyarli +200%. Kuçli ösiş Tokio (+58%), Manila, Seul va Pragada ham qayd etilgan.
Nima uçun haşamatli uylar oddiy uylarga qaraganda tezroq qimmatlamoqda?
2025 yilda 100 ta asosiy bozorda elita köçmas mulk narxlari örtaça 3,2 foizga oşib, ommaviy segmentni (2,9 foiz) ortda qoldirdi.
Asosiy omillar:
- Tarixiy markazlarda taklifning keskin tanqisligi;
- Bir neçta mamlakatlarda uy-joy sotib oluvçi öta boylar (UHNW) sonining köpayişi;
- Soliq omili: kapital yuqori soliq yurisdiksiyalaridan yumşoqroq rejimlarga (Dubay, Mayami, Milan va boşqalar) ötmoqda.
Knight Frank global tadqiqot rahbari Liam Beylining sözlariga köra: «Keyingi ön yil içida boylikni jalb qilmoqçi bölgan har bir şahar soliq egri çiziğining foydali nuqtasida bölişi kerak. Boylar pul bilan ovoz beradilar va lifestyle + past soliqlarni tanlaydilar».
Yaqin yillar uçun prognoz
Knight Frank Mumbay, Brisben, Mayami va Honkongni eng istiqbolli premium köçmas mulk bozorlari deb atadi. Mutaxassislar bozorning yanada qutblanişini başorat qilmoqda: super qimmat joylar qimmatlaşişda davom etadi, xaridorlar esa an’anaviy «obro‘»dan köra qulaylik va soliqlar muhimroq bölgan şaharlarni tobora köproq tanlaydi.












