Reyter agentligining nomi oşkor etilmagan amerikalik sobiq va hozirda xizmat qilayotgan amaldorlarga asosan xabar berişiça, AQŞ prezidenti Donald Trampning saylovoldi ştabi a'zolari Qöşma Ştatlardagi saylovoldi poygasining sönggi yetti oyi davomida rossiyalik amaldorlar bilan aloqada bölgan.

"2016 yilning aprelidan noyabriga qadar ön sakkizta qönğiroq va elektron xabar yuborilgan", - deya yozadi agentlik.

Manbalar sözlariga köra, aloqalar davomida Rossiyaga qarşi sanksiyalar kiritilganidan söng ikki davlat örtasidagi murakkab iqtisodiy munosabatlar, IŞID terrorçilik guruhi bilan kuraş va “Xitoyni bosib turiş” muhokama qilingan.

Ayni damda FQB va AQŞ kongressi tergovçilari bu aloqalarni AQŞdagi prezidentlik saylovlarga "Rossiya aralaşuvi" böyiça suriştiruv doirasida tekşirişmoqda. Manbalarning aytişiça, hozirga qadar bu holat böyiça qonunbuzarliklar yoki fitna borasida dalil-isbot aniqlanmagan.

Amaldorlar sözlariga köra, bu aloqalarning oltitasi – Rossiyaning Vaşingtondagi elçisi Sergey Kislyak va Tramp maslahatçilari örtasidagi telefon qönğiroqlaridir. Ular orasida AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça sobiq yordamçisi Maykl Flinn ham bor. Şu bilan birga, Flinn va Kislyak örtasidagi muloqot 2016 yilning 8 noyabr kungi saylovlardan söng köp bora röy bergan. Manbalar ma'lumotiga köra, ular göyoki AQŞ milliy xavfsizligi byurokratik apparatini çetlab ötişi mumkin  bölgan hamda Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putinga özaro muloqot uçun yopiq kanal yaratiş masalasini muhokama etişgan. 

Şuningdek, agentlik ma'lumotiga köra, yana 12 ta qönğiroq, elektron yoki matnli xabar saylovoldi kampaniyasi davomida Tramp maslahatçilari va rossiyalik amaldorlar yoki RF prezidentiga yaqin, deya hisoblanuvçi şaxslar örtasida amalga oşgan. Suhbatlar çoğida ikki davlat örtasida umumiy iqtisodiy va boşqa manfaatlarga katta e'tibor qaratgan holda kelişuvlar imzolaş mavzusi kötarilgan.