Rossiyalik milliarder Alişer Usmonov Londonning "Arsenal" klubi ustidan nazoratni qölga kiritiş uçun klubning eng yirik aksiyadori, amerikalik tadbirkor Sten Kronkega unga tegişli aksiyalarni sotib oliş uçun 1,3 mlrd yevro taklif qildi. Bu haqda Financial Times naşri xabar bermoqda.
Ayni vaqtda Usmonovga klubning 30 foiz aksiyasi, klub egasi Kronkega esa 66,76 foiz aksiya tegişli.
Ma'lum qilinişiça, Kronke Usmonovning taklifini rad etmoqçiligini bildirib qöygan. U norasmiy tarzda özining uluşini Usmonovga ham, boşqa biror şaxsga ham sotmasligini aytgan. "Ikki hafta oldin bu haqiqatda yuz berişi mumkin deb öylagandim, biroq hozir bunga işonçim komil emas", deb aytgan bir manba.
Ötgan oy Usmonov FT’ga bergan intervyusida kanonirlar egalarini tanqid qilgandi va ularni jamoani rivojlantiriş uçun yetarliça investitsiyalar qilmayotganlikda ayblagandi. Usmonov klub aksiyalarining 2-raqamli egasi bölsa-da, klubning direktorlar kengaşiga kirmaydi.
"Arsenal" çempionat yakunlanişiga bir tur qolganda 72 oçko bilan 5-örinni egallamoqda va Çempionlar Ligasida iştirok etişga imkon beruvçi 4-örindagi klubdan 1 oçko farq bilan ortda qolmoqda. 4-örinni 75 va 73 oçkoga ega "Mançester Siti" va "Liverpul" ham egallaşi mumkin. Joriy mavsumning oxirgi turida 20 may kuni "Arsenal" "Everton" bilan, "ManSiti" "Uotford" bilan, "Liverpul" "Midlsbro" bilan uçraşadi.
Kanonirlar oxirgi 20 yil içida hali biror marta çempionatni 4-örindan pastroq örinda yakunlaşmagan. Biroq klub 2004 yildan beri Angliya premer-ligasini yutmay kelmoqda.












