Germaniyaning nufuzli Die Welt naşri Alişer Usmonovning Yevropa Ittifoqiga qarşi sud jarayonida erişgan muhim huquqiy ğalabasi haqida maqola eʼlon qildi.

Naşrning yozişiça, Yevropa Ittifoqi 2022-yilda Usmonovga nisbatan sanksiyalar joriy etişda ayrim tasdiqlanmagan maʼlumotlarga tayangan. Jumladan, u Vladimir Putinning işonçli vakili sifatida körsatilgan. Biroq Germaniya sudida uşbu daʼvolarning asosli ekani isbotlanmagan.

Usmonov Yevropa Ittifoqidan özi haqidagi asossiz maʼlumotlarni tarqatişni töxtatişni talab qilib sudga murojaat qilgan. Ammo Die Welt maʼlumotiga köra, Germaniyaning ayrim davlat idoralari qariyb uç yil davomida daʼvoning Yevropa Ittifoqi Kengaşiga rasman yetkazilişiga tösqinlik qilgan.

2026-yil 21-oktabrda Germaniya Federal oliy sudi bunday harakatlarni noqonuniy deb topib, Usmonovning sud orqali himoyalaniş huquqi buzilganini qayd etdi.

Qayd etilişiça, Usmonov 22-sentabrda Yevropa Ittifoqining sanksiyalar röyxatidan çiqarilgan bölsa-da, unga nisbatan bildirilgan ayrim ayblovlar hanuz rasmiy saytlarda saqlanib qolmoqda.

Die Welt muallifining fikriça, mazkur qaror Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga tuşgan minglab şaxslar uçun muhim huquqiy pretsedent bölişi mumkin. Endi ular ham özlariga nisbatan tarqatilgan asossiz ayblovlarni milliy sudlarda bahslaşiş imkoniyatiga ega bölişi mumkin.

Şu bilan birga, sud hozirça sanksiyalarning qonuniyligi yoki ayblovlarning mazmuni böyiça yakuniy qaror çiqarmagan. Qaror daʼvoni körib çiqişga tösqinlik qilgan harakatlarga taalluqli.