Amerika Qöşma Ştatlari qator mamlakatlar, jumladan, Ukrainaga harbiy yordam körsatiş prinsiplarini haqiqatdan ham özgartiriş niyatida. RIA Novosti’ning xabar qilişiça, buni Oq uyning ma'muriy-byudjyet boşqarmasi direktori Mik Malveyni jurnalistlarga tasdiqlagan.

«Biz bir qator xorijiy harbiy dasturlarni töğridan-töğri grantlardan kreditlarga almaştirmoqdamiz. Kimgadir 100 million dollar taqdim etiş örniga, biz ularga kredit kafolatlarini berişimiz mumkin, hamda ularda haqiqatdan ham köproq narsa sotib oliş imkoniyati paydo böladi», - deya aniqlik kiritdi u.

Gap Vetnam, Indoneziya, Kolumbiya, Pokiston, Filippin va Ukraina kabi davlatlar haqida bormoqda.

Şu bilan birga, Malveynining ta'kidlaşiça, dastur Isroil va Misr uçun saqlab qolingan.

Avvalroq, The Wall Street Journal gazetasi qator davlatlarga, jumladan, Ukrainaga ham beğaraz harbiy kömak körsatişni töxtatiş, hamda ularni kreditlarga almaştiriş rejalari borligi haqida xabar bergandi.

Jurnalistlar qöliga kelib tuşgan Davlat departamentining içki hujjatida aytilişiça, Ukrainadan taşqari, yordamdan Pokiston, Tunis, Livan, Kolumbiya, Filippin va Vetnam ham mahrum bölişi mumkin. Ta'kidlanişiça, beğaraz yordamni kreditlar bilan almaştiriş Rossiya va Xitoy kabi davlatlardan qöllab-quvvatlov olişga bölgan intilişni kuçaytiradi.