Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Filippindagi viloyatlardan birida IŞIDga qarşi aksilterrorçilik operatsiyasi olib borilayotgani sababli Rossiyaga safarini muddatdan avval yakunlaşga majbur böldi.
Şu sababli uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan 25 mayga belgilangan uçraşuvi 23 may kuni keçki vaqt bölib ötadigan böldi.
Jurnalistning "Putin va Duterte örtasidagi uçraşuv Dutertening Manilaga şoşilinç qaytişi zarurligi sababli bekor qilinadimi?" degan savoliga Kreml vakili uçraşuv bölib ötişini aytgan.
Ma'lum qilinişiça, Filippinda uning yirikligi böyiça ikkinçi raqamli oroli Mindanaoda IŞID jangarilarining Maravi şahriga hujum qilişi sababli harbiy holat e'lon qilingan. Hududga "ölim eskadronlari" nomi bilan ma'lum bölgan maxsus kuçlar kiritilgan.
Maravida harbiylar "Maute" guruhining 15 qurollangan jangarisi bölgan kvartirani qurşab olişgan. Ikki tomon örtasida jang davom etmoqda.
Maxsus xizmatlar ma'lumotlariga köra, jangarilar orasida "Abu Sayyof" ekstremistik guruhining yetakçisi Isnilon Xapilon ham bor.
Avvalroq "Maute" va "Abu Sayyof" IŞIDga sodiqlikka qasamyod keltirgan.












