1974 yilda Filippinda 52 yoşli yapon zobiti mamlakat harbiylariga taslim böladi. Ma’lum bölişiça, Ikkinçi jahon uruşidan buyon Filippinda qolib kelayotgan bu yapon uzoq yillar davomida qalin örmonda yaşab, Yaponiyaning 1945 yilda taslim bölganini bilmagan holda filippinliklarga qarşi jang qilgan.

1930-yillarning ikkinçi yarmida dunyoning eng qudratli davlatlaridan biri bölgan Yaponiya uçun Ikkinçi jahon uruşi alamli mağlubiyat bilan tugaydi.

Uruşgaça Saxalin orolidan Avstraliya qit’asi şimoligaça juda katta hududni qölga kiritgan yaponlar 1941 yil dekabrda AQŞning Havay orollarida joylaşgan Perl Harbor aviabazasini bombardimon qiladi.

Şundan söng öşa paytda harbiy qudrat jihatdan eng kuçli davlatlarning biri bölgan AQŞ Yaponiyaga uruş e’lon qiladi.

1945 yil mayda Faşistlar Germaniyasi yengilgaç, SSSR, Britaniya, Fransiya va AQŞdan iborat ittifoqçilar öz kuçlarini Yaponiyaga qarşi uruşga taşlaydi.

1945 yil avgust oyi boşlarida AQŞ harbiylari Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki şaharlariga ikkita atom bomba taşlaydi. Oqibatda har ikki şahar kultepaga aylanadi va bir neça yuz ming odam halok böladi.

Imperator Xiroxito / ddaymuseum.com

1945 yil 15 avgust kuni imperator Xiroxito Yaponiya sözsiz taslim bölgani haqida e’lon qiladi. Sentyabr oyi boşlarida şu haqdagi akt imzolanadi. Şu bilan Ikkinçi jahon uruşi tugaydi. Ammo hamma uçun emas.

Öşa paytda Janubiy-Şarqiy Osiyodagi aksariyat davlatlarda Yaponiya armiyasi bölinmalari bor edi. Ularning aksariyati öz davlatining taslim bölganini eşitib ortga qaytadi. Ayrimlar esa uruş tugaganini bilmaydi va jang qilişda davom etadi.

Hatto ularning ba’zilari 1970 yillargaça Yaponiyaning taslim bölganini bilmagan holda örmonlarda qolib, mahalliy aholiga va politsiya bölimlariga hujumlar uyuştirib turadi. Ana şularning biri Xiro Onoda ismli zobit edi.

Savdogardan çiqqan zobit

1922 yilda tuğilgan Xiro Onoda maktabda öqib yurgan paytlarida yapon milliy qiliçbozlik san’atidan dars oladi. Maktabni bitirgaç, xususiy kompaniyalarning biriga işga kiradi.