23 may Moskva şahrida Özbekiston va Rossiya taşqi işlar vazirliklari örtasidagi 2016–2017 yillar uçun möljallangan Hamkorlik dasturini amalga oşiriş doirasida ikki tomon maslahatlaşuvlarining navbatdagi raundi bölib ötdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasiga vazir örinbosari Igor Morgulov boşçilik qildi.

Uçraşuvda Ostona şahrida bölib ötadigan Şanxay hamkorlik taşkiloti Davlat rahbarlari kengaşining majlisiga tayyorgarlik köriş nuqtayi nazaridan ŞHT faoliyatining dolzarb jabhalari yuzasidan fikr almaşildi.

Muzokaralar çoğida Sammit kun tartibiga kiritilgan masalalar, jumladan, Hindiston va Pokistonning ŞHTga tölaqonli a'zo sifatida kirişi bilan boğliq masalalar batafsil muhokama qilindi.