Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va hukumat a'zolari tomonidan Fayzulla Mullajonov vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirildi. Ta'ziya matni ÖzA tomonidan keltirilgan.
Mamlakatimiz bank-moliya tizimi oğir judolikka uçradi.
Özbekiston bank tizimi asosçilaridan biri, atoqli iqtisodçi, tajribali rahbar, Özbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi Fayzulla Maqsudjonoviç Mullajonov şu yil 23 may kuni 67 yoşida tösatdan vafot etdi.
F.Mullajonov 1950 yili Sirdaryo viloyatida tuğildi. 1971 yili Toşkent xalq xöjaligi instituti (hozirgi Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti)ni iqtisodçi mutaxassisligi böyiça tamomladi. Mehnat faoliyatini davlat banki Sirdaryo viloyati bölimida kredit nazoratçisi vazifasidan boşladi. Keyinçalik uşbu viloyatda bank sohasida turli mas'ul lavozimlarda xizmat qildi.
Katta mehnat va hayot tajribasiga ega bölgan F.Mullajonov 1991 yilda, mamlakatimiz endigina davlat mustaqilligini qölga kiritib, yangi davrga qadam qöygan murakkab bir şaroitda Özbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi etib tayinlandi.
Ana şu öta mas'uliyatli lavozimda qariyb 26 yil samarali faoliyat körsatib, F.Mullajonov eski ma'muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyoti munosabatlariga ötiş jarayonida bank-moliya tizimini şakllantiriş va rivojlantiriş, milliy valyutamizni joriy etiş, oltin-valyuta zaxirasini mustahkamlaş, bank sohasi uçun zamonaviy kadrlar tayyorlaş borasida özining yuksak taşkilotçilik va taşabbuskorlik qobiliyatini namoyon etdi.
F.Mullajonovning Özbekiston bank tizimini xalqaro talab va mezonlar asosida taraqqiy toptiriş, uning kadrlar salohiyatini mustahkamlaş, jahon miqyosidagi obro‘-e'tiborini oşiriş borasidagi katta xizmatlari xalqimizga yaxşi ma'lum.
Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotining turli soha va tarmoqlarida xizmat qilib kelayotgan köplab rahbar xodimlar, bank-moliya mutaxassislari haqli ravişda özlarini F.Mullajonovning şogirdlari, deb hisoblaydilar.
F.Mullajonovning köp yillik samarali xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. U “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan iqtisodçi” faxriy unvoni, “Mehnat şuhrati” va “Fidokorona xizmatlari uçun” ordenlari bilan mukofotlangan edi.
Özbekiston bank-moliya sohasining yirik namoyandasi, mehribon ustoz, kamtarin inson Fayzulla Mullajonovning xotirasi qalbimizda hamişa saqlanib qoladi.
Ş.Mirziyoyev, N.Yöldoşev, N.Ismoilov,
A.Aripov, U.Ismoilov












