Özbekiston hukumati 2017 yil boşidan buyon xalqaro moliyaviy institutlar va donor davlatlar bilan jami 1,024 milliard dollarlik kredit kelişuvlarini imzolagan. Bu haqda Moliya vazirligi ma'lum qilgan.

«Özbekiston hukumati aprel-iyun oylarida loyihalar realizatsiyasi uçun 413,04 million dollarlik 4ta kredit kelişuvlarini imzolagan. Loyihalarning umumiy qiymati 470,24 mln dollarni taşkil etadi», - deya qayd etilgan bayonotda.

Birinçi çorakda Özbekiston hukumati 611,47 million dollarlik 6ta kredit kelişuvlarini imzolagandi. Şu tariqa, Özbekiston yil boşidan buyon loyihalarni amalga oşiriş uçun jalb etgan kredit mablağlari miqdori 1,024 milliard dollarni taşkil qilgan. Kreditlar jalb etilgan loyihalarning umumiy qiymati 1,3 milliard dollardan ortiqni taşkil etadi.