Turkiya hukumati 2016 yilning 15-16 iyul kunlari amalga oşmay qolgan davlat töntaruviga urinişdan keyin 147 ta ommaviy axborot vositasini ruxsatnomasidan mahrum qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi Turkiyaning uluşlar va jamğarmalar davlat jamğarmasining çoraklik hisobotiga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda. 

Jamğarmaning ma'lumotlariga asosan, 2017 yil marti oxiriga köra, Turkiya hukumati yuzlab kompaniyalar ustidan nazoratni öz qöliga oldi: bu kompaniyalarga yangi rahbariyat tayinlangan yoki ular umuman tugatilgan. Gap umumiy kapitallaşuvi 11,3 mlrd dollardan köproqni taşkil qiluvçi 879 ta firma haqida ketmoqda. Bu firmalarda 45 ming odam mehnat qilgan. Öz işini töliq töxtatgan kompaniyalar orasida 147 ta OAV ham bor.     

Axborot agentligining ma'lum qilişiça, Anqara muxolifatçi Fathulla Gulenning FeTO taşkiloti bilan aloqadorlikda gumon qilingan banklar, OAV va boşqa korxonalar ustidan nazoratni öz qöliga olmoqda. Turkiyada aynan Gulen davlat töntaruviga urinişning boş taşkilotçisi deb hisoblanadi.     

Turkiya hukumati ötgan yil yozidan boşlab FeTOga qarşi kuraşiş çoralari doirasida davlat xizmatidan minglab odamlarni çetlatdi, 113 mingga yaqin fuqaro uşlangan yoki hibsga olingan. Ulardan 50 mingdan köproği qamoqlarda uşlab turilibdi, ular orasida önlab jurnalistlar ham bor.