Joriy yilda 9-sinfni bitirayotgan 467 019 nafar öquvçilar örtasida sörovnoma ötkazildi. Bu haqda Kun.uz’ga Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
9-sinf bitiruvçilaridan 228 514 nafari qiz bola bölsa, 238 505 nafar öğil bolalardir.

Sörovnoma yakunlariga köra, akademik litseylarga 44 900 nafar öquvçi hujjat topşirişi mumkin bölsa, kasb-hunar kollejlarida ta'limni 424 299 nafar öquvçi davom ettirişi ehtimolga yaqin.
Akademik litseylarda öqişni istaganlar quyidagi yönalişlarni tanlagan: san'at – 0,1 foiz, xorijiy filologiya – 1,9 foiz, ijtimoiy gumanitar fanlar – 1,7 foiz, tabiiy fanlar – 1,4 foiz, aniq fanlar – 4,0 foiz.
Kasb-hunar kollejlarida esa bu holat quyidagiça: xizmatlar – 13,6 foiz, soğliqni saqlaş va ijtimoiy ta'minot – 31,8 foiz, qişloq va suv xöjaligi – 11,1 foiz, işlab çiqariş va texnik – 17,8 foiz, ijtimoiy, iqtisod va huquq – 8,4 foiz, gumanitar – 8,1 foiz.
Qayd etilişiça, 9-sinf bitiruvçilarining akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qamrab oliş jarayonlari elektron dastur orqali töliq nazorat qilinmoqda.











