Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 525-son qarori bilan oliy taʼlim taşkilotlarini bitiruvçilarining mehnat bozoridagi natijalari asosida baholaş nazarda tutilgan.

Indeksni şakllantirişda bitiruvçilarning bandlik darajasi, barqaror iş bilan taʼminlangani, örtaça oylik daromadi va boşqa tegişli körsatkiçlar inobatga olinadi.

Oliygohlar uç guruhga ajratiladi

Indeks natijalariga köra, oliy taʼlim taşkilotlari quyidagiça guruhlanadi:

  • «Yaşil» guruh - eng yuqori natija körsatgan 30 foiz OTM;

  • «Sariq» guruh - keyingi 30 foiz OTM;

  • «Qizil» guruh - qolgan 40 foiz OTM.

Bu foizlar bitiruvçilarning bandlik körsatkiçini emas, baholaş natijasida har bir guruhga kiritiladigan oliygohlar uluşini anglatadi.

Yuqori natija uçun moliyaviy rağbat beriladi

Indeks böyiça yuqori körsatkiçlarga erişgan oliy taʼlim taşkilotlarini moliyaviy rağbatlantiriş ham nazarda tutilgan.

Bunda har bir OTMga 500 mln sömgaça mablağ ajratilişi mumkin.

Natijalar har yili eʼlon qilinadi

«Bitiruvçi sifati indeksi» maxsus avtomatlaştirilgan raqamli platformada şakllantiriladi. Uning natijalari har yili 1-oktabrga qadar eʼlon qilib boriladi.

Yangi baholaşda oliygoh bitiruvçilarining diplom olgandan keyin mehnat bozorida qanday natijaga erişayotganiga eʼtibor qaratiladi.