Vazirlik maʼlumotiga köra, tegişli idoraviy hujjat 2026-yil 31-oktabrda 3964-raqam bilan röyxatga olingan.
Hujjatga muvofiq, «Bitiruvçi sifati indeksi» hisobot yili yakunlari böyiça quyidagi tört körsatkiç asosida şakllantiriladi:
bitiruvçilarning işga joylaşiş tezligi;
barqaror bandlik darajasi;
örtaça oylik daromadi;
bandlik toifasi.
Hisobot yili 1-iyuldan boşlanib, keyingi yilning 30-iyunigaça davom etadigan 12 oylik davrni qamrab oladi.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bitiruvçilar uçun alohida hisoblaş tartibi belgilangan. Ularga band böliş tezligi va bandlik toifasi körsatkiçlari böyiça eng yuqori koeffitsient qöllanadi. Barqaror bandlik darajasini hisoblaşda esa ular barqaror bandligi taʼminlangan bitiruvçilar sifatida inobatga olinadi.
Şuningdek, bitiruvçi bir vaqtning özida bir neçta bandlik toifasiga mansub bölsa, unga tegişli oşiruvçi koeffitsientlardan eng yuqorisi qöllanadi.
«Bitiruvçi sifati indeksi»ni işlab çiqiş hamda har yili eng yuqori natijaga ega 20 ta OTMning karyera markazini 500 million sömdan moliyaviy rağbatlantiriş prezidentning 2026-yil 10-apreldagi PF–58-son farmonida belgilangan.












