Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Kasanaçilikni yanada rivojlantiriş uçun qulay şaroitlar yaratiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori e'lon qilindi.
Unga köra, band bölmagan aholini işlab çiqariş faoliyatiga jalb qilişning samarali vositalaridan biri bölgan kasanaçilikni yanada rivojlantiriş hamda zamonaviy maşina, asbob-uskunalar, xomaşyo va materiallarni xarid qiliş uçun moliyaviy resurslar bilan foydalanişni kengaytiriş orqali oila byudjyetlari daromadlarini köpaytiriş maqsadida:
Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki, Moliya vazirligi va tijorat banklarining Toşkent şahrida tijorat banklari tomonidan “Kasanaçilikni qöllab-quvvatlaş böyiça Konsortsium” mas'uliyati çeklangan jamiyatini (keyingi örinlarda Konsortsium deb yuritiladi) 50,0 milliard sömlik boşlanğiç ustav kapitali bilan taşkil etiş va uni iştirokçilari orasida 1-ilovaga muvofiq taqsimlaş borasidagi takliflari ma'qullandi.
Konsortsiumga:
mazkur qarorning 2-ilovasida keltirilgan röyxatga muvofiq zamonaviy maşina, asbob-uskunalar, xomaşyo va materiallarni xarid qilişga kasanaçi va (yoki) kasana mahsulotlarini işlab çiqarişga buyurtma beruvçi korxonalarga zayomlarni ajratiş;
mazkur qarorning 2-ilovasida keltirilgan kasanaçilik turlari böyiça uy şaroitida mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) işlab çiqariş uçun marketingni amalga oşiriş va buyurtmaçilarni topiş vazifalari bilan tarkibiy bölinmalar hamda kasanaçi va kasana mahsulotlarini işlab çiqarişga buyurtma beruvçi taşkilotlar örtasida özaro aloqalar örnatişni ta'minlaş böyiça – Toşkent şahrining barça tumanlarida filiallarni taşkil etiş;
amalga oşirilayotgan iş hajmlariga muvofiq Konsortsiumning tarkibiy bölinmalari xodimlari sonini mustaqil belgilaş;
kasanaçilar va kasana mahsulotlarini işlab çiqarişga buyurtma beruvçi taşkilotlar bilan mahsulotlar işlab çiqariş, işlarni bajariş va xizmatlarni körsatiş borasidagi şartnomalarni tuziş huquqlari berildi.
2-ilovaga köra, “Kasanaçilikni qöllab-quvvatlaş böyiça Konsortsium” mas'uliyati çeklangan jamiyati tomonidan ajratiladigan zayomlar evaziga taşkil etiladigan kasanaçilik turlari röyxati quyidagilardan iborat: 1. Töqima va trikotaj mahsulotlarini işlab çiqariş. 2. Galantereya (attorlik) mahsulotlarini işlab çiqariş. 3. Qandolat va non mahsulotlarini işlab çiqariş. 4. Mebel mahsulotlarini işlab çiqariş. 5. Elektrotexnika mahsulotlarini ta'mirlaş va xizmat körsatiş. 6. Boğdorçilik va obodonlaştiriş xizmatlari.
Belgilab qöyilişiça, kasanaçilarga zamonaviy maşina, asbob-uskunalar, xomaşyo va materiallarni xarid qiliş uçun zayomlarni ajratiş sotib olinayotgan tovarlarni kafillikka oliş orqali amalga oşiriladi;
2017 yilning 1 iyulidan boşlab kasanaçilar uçun jismoniy şaxslarga qöllaniladigan daromad soliği qat'iy 7,5 foiz miqdorida belgilanadi.
Konsortsium barça turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamğarmalariga majburiy ajratmalar tölaşdan ozod etilib, böşayotgan mablağlar ustav jamğarmasini töldirişga yönaltiriladi.
Şuningdek, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va fuqarolarning özini özi boşqariş organlari:
kasanaçilar bilan korxonalar örtasida özaro iqtisodiy hamkorlik borasidagi, şu jumladan, korxonalar buyurtmalarini uy şaroitlarida bajariş istagini bildiruvçi mahallalar aholisini aniqlaş faoliyatini jadallaştirişni;
aholi orasida kasanaçilik afzalliklarini tuşuntiriş böyiça jadal tarğibot işlari amalga oşirilişini ta'minlaydi.
Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari R.S.Azimov va Özbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi zimmasiga yuklanadi.












