2017 yil 25 may kuni Toşkent şahrida bölib ötgan Özbekiston va Turkiya örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça IV Hukumatlararo komissiya yiğilişi yakunida 2 mlrd dollardan ortiq qiymatdagi loyihalarni amalga oşiriş böyiça bitim imzolandi. Bu haqida “Kun” muxbiri xabar qiladi.

Ma'lumki, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlanişiga bevosita ta'sir etuvçi omillardan biri bu transport va transport kommunikatsiyalari sohasidir. Bugungi kunda ikki mamlakatni boğlab turuvçi hududlararo transport-kommunikatsion tizimisiz savdo aloqalar rivojlanişini tasavvur etiş juda qiyin.

Yiğilişda Özbekiston Respublikasi Taşqi savdo vaziri Elyor Ğaniyev ikki davlatni boğlaydigan töğridan-töğri transport koridorini yaratiş muhim strategik ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi.

“Biz «Boku-Axalkalaki-Kars» temir yöl koridori tez kunda işga tuşişidan manfaatdormiz. Uşbu temir yöli nafaqat Özbekiston va Turkiya örtasida, balki Yevropa mamlakatlari bilan ham samarali savdo almaşinuviga öz hissasini qöşadi”, - dedi Elyor Ğaniyev.

Turkiya vakillari esa, öz navbatida, Özbekiston bilan imtiyozli savdo qiliş böyiça bitim imzolaşni taklif qildi.   

“Yangi tahrirdagi «Avtomobil transportida xalqaro yuk taşiş» böyiça bitim imzolaşni qöllab-quvvatlaymiz. Bitim mamlakatlarimiz avtotaşuvçilariga ikki davlat hududi orqali muntazam yuk taşişni erkin holda amalga oşirişiga imkoniyat beradi. Bu esa, öz navbatida, özaro tovar ayirboşlaş hajmiga ijobiy ta'sir etadi va Özbekiston bilan Turkiyaning mavjud tranzit salohiyatini töliq foydalanişiga imkon beradi”, - dedi Özbekiston Respublikasi Taşqi savdo vaziri öz nutqida.