Rossiya davlat Dumasi juma yakuni mamlakatga xorijlik yoki fuqaroligi bölmagan şaxs vaqtinçalik yaşaşga ruxsatnoma oliş uçun kirişiga yangi viza turini joriy etadigan qonunni uçinçi yakuniy öqişda qabul qildi.
Qonun RF Konstitutsiyaviy sudining 2016 yilning 16 fevraldagi qarorini ijro etiş maqsadida işlab çiqildi. Unga köra, Rossiyada vaqtinçalik yaşaş uçun ruxsat olgan xorijlik va fuqaroligi bölmagan şaxslar, RFga şaxsni tasdiqlovçi hujjatlar hamda vaqtinçalik yaşovçi şaxs vizasi asosida kirib kelişi va çiqişi nazarda tutilgan.
Qonun Rossiyaga kiriş uçun oddiy vizalar röyxatini yangi viza bilan töldiradi – RFga vaqtinçalik yaşaşga ruxsat oliş maqsadida kiriş uçun. Bunday viza xorijlik yoki fuqaroligi bölmagan şaxsga Rossiya IIV hududiy organi unga mamlakatda vaqtinçalik yaşaş uçun ruxsat beriş haqida qarori bölsa, tört oygaça muddatga beriladi.
Vaqtinçalik yaşovçi şaxsga viza Rossiya IIV hududiy organi tomonidan RFda vaqtinçalik yaşaş uçun ruxsat bilan birga beriladi.
Bundan taşqari, qonunda “viza” tuşunçasiga “RFga kiriş va RFda böliş yoki RF hududidan tranzit maqsadida foydalaniş uçun vakolatli davlat idorasi tomonidan berilgan ruxsat” deb aniqlik kiritilgan.












