Kollej direktorining ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari vazifasini vaqtinça bajarib turgan Elmurod Nuraliyevning oğzini köpirtirib bergan va'dalari Jarqin Rahmonovani öylantirib qöydi. Ayni qabul arafasida Şahrisabz tibbiyot kollejiga kelgan qarşilik bu ayolning jiyani Jamşid öqiş uçun şu kollejga hujjat topşirmoqçi edi. E.Nuraliyev unga abituriyentlarni tayyorlaşini, yotoq joyi xarajati 300 ming söm bölişini, öqişga kiritib qöyişi uçun esa 1000 AQŞ dollari uzatişi lozimligini aytdi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Tibbiyot xodimlari tayyorlanadigan qutluğ dargohda öqituvçi degan nomni kötarib yurgan mutasaddi odamdan bu ğalati taklifni eşitgan J.Rahmonova avvaliga hayron böldi. Uning bozorda kötarasiga kartoşka sotayotganday bemalol öz “xizmat”iga narx qöyişi ayolning ğaşiga tegdi. Şunday bölsa-da, sir boy bermay, “bozorçi” domla bilan “savdolaşdi”.

-  Salgina kamaytiring...

-  Yöq, kam bölmaydi, - çört kesdi domla. – Men ham kimlargadir berişim kerak...

Ayol nihoyat bir qarorga keldi.

Oradan ikki haftaça ötib, domlaga qönğiroq qildi-da, aytgani tayyorlab qöyilganini xabar qildi. Domla unga jiyani bilan özi yaşaydigan Qorasuv qişloğiga kelişni tayinladi.

Qişloqdagi çoyxona yonida uçraşişdi. “Muzokara” qisqa böldi. Domla ayolga jiyanidan xavotir olmasligini aytib, yotoqxonaga joylaştiriş uçun Jamşidning körpa-töşaklarini özining “Matiz”iga ortdi. J.Rahmonovadan olgan 2 mln. 300 ming söm pulni qora paketga solib, orqa örindiqqa taşladi. Ammo maşinaga ötirişga ulgurmadi. Maşina yonida paydo bölgan SVOJJDLQK departamenti xodimlari özlarini taniştirib, pullarni tegişli tartibda rasmiylaştirib olişdi.

Jinoyat işlari böyiça Şahrisabz tumani sudining hukmiga köra, Elmurod Nuraliyevga oylik iş haqining 20 foizi davlat daromadiga uşlab qolgan holda 1 yil axloq tuzatiş işi jazosi tayinlandi. Unga bağrikenglik körsatilib, amnistiya haqidagi qaror şarofati bilan tayinlangan jazodan ozod qilindi.