Samarqand viloyati tumanlaridan biridagi elektr ta’minoti korxonasi rahbari mahalliy tadbirkorga tegişli umumiy ovqatlaniş şoxobçasining elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan ulangani oqibatida davlatga yetkazilgan 393 million sömlik zarar böyiça jinoiy javobgarlikka torttirmaslikni va’da qilgan. U zarar miqdorini kamaytirib körsatgan holda işni ma’muriy tartibda sudga çiqarib beriş evaziga 5 ming AQŞ dollari talab qilgan.

Mansabdor şaxs joriy yil iyul oyi oxirida uşbu mablağning 4 ming AQŞ dollarini olgan. Keyinçalik tadbirkordan qolgan 1 ming dollarni ham tezroq berişini söragan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda u qolgan 1 ming AQŞ dollarini uçinçi şaxs orqali olgan vaqtida uşlandi. Qayd etilişiça, mazkur rahbar muqaddam sudlangan bölgan.
Şuningdek, Toşkent şahrida 1988-yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan şaxs özining yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali 2001-yilda tuğilgan fuqaroni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetiga öqişga kiritib qöyişni va’da qilgan. Buning evaziga u 20 ming AQŞ dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda gumonlanuvçi oldindan 13 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

















