29 may kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Turkmaniston, Qozoğiston, Rossiya, Xitoy mamlakatlariga taşriflari davomida hamda Turkiya rahbari bilan ötkazilgan oliy darajadagi uçraşuvlari yakunlari böyiça imzolangan bitimlar, şartnomalar va muayyan sohalarda özaro şeriklikni rivojlantirişga doir loyihalarni amalga oşiriş jarayonining holatini tahlil qiliş va baholaşga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

Yiğilişda Boş vazir, uning örinbosarlari, tegişli vazirliklar va idoralar rahbarlari iştirok etdi. 

Yiğilişni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev boşqardi. 

Davlat rahbari Özbekiston rasmiy delegatsiyasining Turkmaniston, Qozoğiston, Rossiya va Xitoyga joriy yildagi taşriflari 2016 yilgi Prezident saylovidan keyingi ilk xorijiy safarlar bölib, ularning natijalari strategik şeriklar bilan özaro munosabatlarni rivojlantiriş, savdo-iqtisodiy hamkorlik kölamini yanada kengaytirişga xizmat qilayotganini ta'kidladi. 

Qayd etiş kerak, har bir taşrif yakunida bitim va şartnomalar qatorida qiymati bir neça milliard AQŞ dollariga teng bölgan köplab loyihalar imzolandi. 

Prezident Şavkat Mirziyoyev mazkur davlatlar rahbarlari bilan muzokaralar çoğida har bir loyihani alohida muhokama qilib, töla amalga oşirişga oid masalalar, jumladan, moliyalaştiriş imkoniyatlari yuzasidan atrofliça fikr almaşdi. Loyihalarning “yöl xaritalari” tasdiqlanib, ularning bosqiçlari, ijro mexanizmlari va mas'ul şaxslar belgilab olindi. 

Davlat rahbari bu borada muhim kelişuvlarga erişilganiga qaramay, ayrim rahbar xodimlar imzolangan hujjatlar ijrosini ta'minlaşga eskiça yondaşayotgani, iqtisodiy hayotimizda ustuvor ahamiyat kasb etadigan, yangi iş örinlari taşkil etiş, aholining turmuş farovonligini oşiriş imkonini beradigan bu masalaga yetarliça mas'uliyat bilan qaramayotganini çuqur tahlil asosida, aniq misollar orqali körsatib berdi. 

Barça zarur hujjatlar qabul qilingani, yangi tuzilmalar taşkil etilgani, eksportçi va sarmoyadorlar uçun har tomonlama qulaylik va imtiyozlar berilgani, bir söz bilan aytganda, mamlakatimizdagi xalqaro iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik sub'yektlarining samarali işlaşi uçun barça şart-şaroitlar yaratilganiga qaramasdan, hozirça aniq natijalar közga taşlanmayapti, ijro muddatlari ortga surilmoqda. 

Buning sabablaridan biri işonçli xorijiy şerik va moliya manbalari mavjud bölmagan holda samarasiz loyihalar tayyorlaş, amalda foyda bermaydigan hujjatlar imzolaş holatlari bilan boğliqdir. Bunday loyihalarning monitoringini yuritiş böyiça tizimli iş olib borilmayapti. Iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni jalb etiş borasidagi ahvol qoniqarli emas. 

Prezident Şavkat Mirziyoyev bu masalada kamçilik va qoloqlikka yöl qöyayotgan har bir vazirlik va idora faoliyatiga tanqidiy nuqtai nazardan baho berdi. 

Xususan, Turkmanistonga taşrif asnosida qişloq xöjaligi texnikasi, mineral öğitlar, avtomobillar, quriliş materiallari, maişiy texnika va boşqa mahsulotlar yetkazib beriş böyiça umumiy qiymati 151 million AQŞ dollariga teng hujjatlar imzolangan edi. Ötgan uç oy davomida eksport hajmi 12 million dollarni taşkil etdi. Bu umumiy kelişilgan miqdorning 8 foizi, xolos. 

Qozoğiston, Rossiya va Xitoyga taşriflar hamda Turkiya rahbari bilan ötkazilgan muzokaralarda ham bir neça milliard dollarlik yirik kelişuvlarga erişildi. Lekin ularning ijrosiga oid natijalar kutilganidek emas. 

Davlat rahbari yiğilişda hisobot bergan mutasaddi rahbarlar öz mas'uliyatini keskin oşirişi zarurligini, bajarilmayotgan va keçikayotgan loyiha va şartnomalar uçun ular şaxsan javobgar ekanini alohida ta'kidladi. Har bir loyihaning bajarilişi böyiça birinçi galdagi çora-tadbirlarni aniq-ravşan belgilaş, moliyalaştiriş va ijro jarayonlari böyiça zamonaviy va tizimli asosda monitoring olib boriş yuzasidan topşiriqlar berildi.

Şeriklik töğrisidagi hujjatning imzolanişi avvalo uning ijrosi bilan muhimdir. Davlat rahbari faqat qoğozda aks etadigan, amalda heç qanday foyda bermaydigan loyihalar tuzişdek eskiça amaliyotdan butunlay voz keçiş, bunday odat va kayfiyat bilan işlaşga mutlaqo çek qöyiş lozimligiga alohida urğu berdi. 

Erişilgan barça kelişuvlarning moliyaviy manbalari, ijro mexanizmlari, logistikasi, mas'ul idoralar va şaxslar hamda boşqa masalalar töliq hal qilingan bölişi, iş puxta va qat'iy amalga oşirilişi kerak. 

Prezident tegişli vazirlik va idoralar rahbarlariga çet davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalar va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantiriş borasida maqsadli investitsion strategiya hamda qabul qilingan kelişuvlar ijrosini ta'minlaş böyiça Nizom işlab çiqiş vazifasini topşirdi. 

Uşbu tizimni takomillaştiriş maqsadida mas'ul ijroçilarning har haftada bir marta Vazirlar Mahkamasida va har oyda bir marta Prezident huzurida xorijiy şeriklar bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan joriy va işlab çiqilişi közda tutilayotgan yangi investitsion loyihalar yuzasidan hisobot beriş tartibi örnatiladi. 

Loyihalarning öz vaqtida moliyalaştirilişi, mutasaddilarning ijro intizomi, mas'ul şaxslarning mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanişini nazorat qiliş Hisob palatasi va Boş prokuratura zimmasiga yuklandi. 

Yiğilişda dabdabali raqamlar va balandparvoz hisobotlar ortidan quviş emas, yangiça samarali usul va mexanizmlarni tatbiq etiş, ahvolni qisqa muddatda sinçiklab örganib çiqiş va zarur çora-tadbirlar belgilaş yuzasidan tegişli körsatmalar berildi.