31 may kuni Afğoniston poytaxti Kobul şahrida prezident saroyi va qator elçixonalar hamda muhim idoralar joylaşgan hudud yaqinida kuçli portlaş röy berdi.

Ayni vaqtga kelib, Pajvok agenti mamlakat soğliqni saqlaş vazirligiga asoslanib xabar berişiça, portlaş qurbonlari soni 100 nafardan oşgan, 380 kişi jarohatlangan. Vazirlik bundan oldinroq 19 qurbon haqida ma'lum qilgandi. OAVda esa qurbonlar soni 80 nafarni taşkil etayotgani xabar qilingandi.

Portlaş kuçi şu qadar kuçli bölganki, voqea joyidan yuzlab metr masofadagi binolarda şikastlaniş qayd etilgan, derazalar tökilib tuşgan.

Politsiya ma'lumotiga köra, Germaniya elçixonasi yaqinida portlovçi qurilmalar bilan töldirilgan avtomobil portlagan. Portlaş tufayli Fransiya, Eron, Yaponiya va Hindiston elçixonalari, şuningdek, Sinhua agentligi byurosi binosi şikastlangan.

Tolo News agentligi Afğoniston IIVga asoslanib bergan xabarga köra, suv taşuvçi avtosisterna portlatilgandi.

Bi-bi-si xabariga köra, portlaş tufayli Eron elçisi, Yaponiya elçixonasining ikki xodimi, Germaniya elçixonasining bir neça xizmatçisi, şuningdek, Bi-bi-si telekanalining jurnalistlari jarohatlangan. Tolo TV telekanali hamda Moby mediaguruhining xodimlari halok bölganlar orasida.

Hozirça heç bir guruh terakt uçun javobgarlikni zimmasiga olmadi.