Germaniya Içki işlar vazirligi 25-avgust kuni Leypsig/Galle aeroportidan Afğoniston poytaxti Kobulga maxsus charter reysi amalga oşirilganini maʼlum qildi.
Reys bortida Germaniyadan çiqarib yuborilişi lozim bölgan 23 nafar afğonistonlik erkak bölgan.
Vazirlik maʼlumotiga köra, deportatsiya qilinganlarning asosiy qismini oğir jinoyatlar uçun sudlangan şaxslar taşkil etgan. Ular orasida jinsiy zöravonlik va tan jarohati yetkaziş bilan boğliq jinoyatlar sodir etganlar ham bor.
Qolgan şaxslar ham avval huquqni muhofaza qiluvçi organlar eʼtiboriga tuşgan, deya maʼlum qilgan Germaniya IIV vakili AFP agentligiga.
Vazirlik deportatsiya jarayoni muvaffaqiyatli yakunlanganini bildirgan.
25-avgustdagi reysni ham hisobga olganda, Germaniyaning amaldagi hukumati davrida mamlakatdan Afğonistonga deportatsiya qilingan erkaklar soni 228 nafarga yetgan.
Germaniya içki işlar vaziri Aleksander Dobrindt mamlakatda qoliş huquqiga ega bölmagan şaxslar Germaniyani tark etişi kerakligini taʼkidladi.
Uning sözlariga köra, jinoyat sodir etgan şaxslarni mamlakatdan çiqarib yuboriş jamiyat manfaatlariga mos keladi va hukumat bu siyosatni izçil davom ettiradi.
Deportatsiyaga qarşi namoyiş ötkazildi
Kobulga reys amalga oşirilişidan bir kun avval Leypsig/Galle aeroportida Afğoniston fuqarolarini deportatsiya qilişga qarşi aksiya bölib ötgan.
Deportatsiyaga qarşi faollar Afğonistonga qaytarilayotgan odamlar «Tolibon» hukmronligi ostida taʼqib, qiynoq yoki boşqa jiddiy xavflarga duç kelişi mumkinligini bildirgan.
«Deportatsiyalarga qarşi alyans» vakili Kay Adil Germaniyadan himoya izlayotgan afğonistonliklarni «Tolibon» hukmronligidagi mamlakatga qaytariş insonlar hayoti va xavfsizligi uçun tahdid tuğdirişi mumkinligini taʼkidlagan.
Afğonistonga deportatsiyalar 2024-yilda qayta tiklangan
«Tolibon» harakati 2021-yil yozida Afğonistonda hokimiyatni egallaganidan keyin Germaniya uşbu mamlakat fuqarolarini deportatsiya qilişni töxtatgan edi.

















