IŞID terrorçilik guruhi Afğoniston poytaxti Kobul şahrida sodir etilgan terakt uçun javobgarlikni öz zimmasiga oldi.
Poytaxtning prezidentlik saroyi va xorijiy elçixonalar joylaşgan tumanda xudkuş tomonidan sodir etilgan terakt oqibatida 90 kişi halok böldi, 380 nafarga yaqin kişi jarohatlandi.
Qurbonlar orasida Bi-bi-si telekanali xodimi, Tolo TV telekanali jurnalisti, şuningdek, Germaniya elçixonasi qöriqçilari ham bor. Şuningdek, Eronning Afğonistondagi elçisi, Yaponiya elçixonasining ikki xodimi, Misr elçixonasi soqçisi va jurnalistlar jarohatlangan.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, Eron elçixonasidan 100 metr masofada portlovçi qurilmalar örnatilgan, suv taşişga möljallangan avtosisterna portlatilgan.












