Yangiyöl tumanida istiqomat qiluvçi 1993 yilda tuğilgan N.R. (ism-şarif özgartirilgan) özini mansabdor şaxs deb taniştirib, moddiy manfaatdorlik evaziga işlarini bitirib berişini aytib, fuqarolarni aldab firibgarlik yölini tutadi.

1985 yilda tuğilgan Ş.A.ni işonçiga kirib, “yer hujjatlarini rasmiylaştirib beriş” vaji bilan 500 AQŞ dollari miqdoridagi pullarini olib ketib, firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan pullarni öz ehtiyojlari uçun işlatib yuboradi. Bu haqda Toşkent IIBda taşkil etilgan matbuot brifingida ma'lum qilindi.
Undan ham ustasi farang firibgar 1971 yilda tuğilgan N.V. bölib çiqdi. U Zangiota tumanida joylaşgan kuşxonasida “6 foiz evaziga naqd qilib beraman” deya aldab, Toşkent şahrida yaşovçi tadbirkor 1980 yilda tuğilgan B.M.ning 200 000 000 söm puli bölgan plastik kartoçkasini olib, şu kunga qadar qaytarib bermagan.
Hozirda ularga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.











