"Aeroflot" aviakompaniyasi özining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy akkauntlarida tarmoqda öynalayotgan göyoki bepul çiptalar tarqatilişiga doir tanlovga aloqasi yöqligini ma'lum qildi. Aviakompaniya vakillari fuqarolarni ogoh bölişga va firibgarlarga şaxsiy ma'lumotlarni işonib topşirib qöymaslikka çaqirişdi.
3 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya aviataşuvçisi ötkazayotgan feyk tanlov haqidagi ma'lumot tarqala boşladi. "Aerofolot"ga manzili öxşaş, kompaniya logotipi qöyilgan saytlarga foydalanuvçilar xabarlari havolasi kiritildi, şuningdek qisqa e'lon ham qöşimça qilindi.
Thanks #Aeroflot https://t.co/spSnW0caW5
— Ruben Ishkhanyan (@RIshkhanyan) June 4, 2017

E'londa foydalanuvçi "Aeroflot"dan ikki bepul çiptani qölga kiritgani qayd etilgandi. Saytga kiriş sanasidan qat'i nazar, ularning soni 332 ni taşkil qilavergan.
Qisqa sörovnomadan keyin sayt foydalanuvçi çiptalarni yutib olgani va göyoki onlayn rejimda Facebook'ning minnatdor foydalanuvçilari izohlarini körsatgan. Ularning havolalari nofaol.

Mazmun va mohiyatiga köra öxşaş tanlovlar Emirates va KLM aviakompaniyalari nomidan ham tarqatilgandi. Saytga kirganlarning birortasi çiptalarni olmagan.

"Aeroflot" öz bayonotida uşbu firibgarlikka heç qanday aloqasi yöqligini aytgan.
"Bizga sizning işonçingiz muhim, şu bois yodingizda bölsin, joriy aksiyalarga doir dolzarb va işonçli ma'lumotlar haqida faqat bizning www.aeroflot.ru saytimizda va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda joylaştiriladi. Ogoh böling va bizning kompaniyamiz nomidan boşqa resurslar orqali e'lon qilingan şubhali aksiyalarda iştirok etmang".
"Aeroflot" aviakompaniyasi
Group-IB kompaniyasining xususiy mijozlar bilan işlaş böyiça direktori Ruslan Yusufov feyk tanlovlar masalasida öz sahifasida izoh berdi.
Uning fikriça, bu saytlardagi öylanmagan kliklar foydalanuvçi kompyuteriga zarar yetkazişga urinişlar bilan yakun topadi, avtorizatsiya qilingan akkaunt haqidagi ma'lumot esa reklama agentliklariga sotiladi.
"Kompyuteringizga zarar yetkazilib, sizning akkauntingiz avtorizatsiya qilingaç, siz reklama körib, döstlaringizni taklif qilib, repost qilasiz va "Afsuski, siz ğolib böla olmadingiz. Keyingi safar omadingizni sinab köring" mazmunidagi xabarni olasiz. Biroq sizning soddaligingiz tufayli bu tizim ortidagi kişilar jyekpotga ega bölişadi.
Ruslan Yusufov, xususiy mijozlar bilan işlaş bölimi direktori
Yusufov foydalanuvçilarni "kiberxavfsizlikka bölgan munosabatni özgartiriş"ga çaqirdi.












