Somalida "Harakat aş-Şabob" qurollangan guruhi jangarilari hujumi oqibatida 38 kişi halok böldi, deb xabar bermoqda RBK naşri.

Jangarilarning Somalidagi Puntlend yarim muxtor viloyatidagi şaharga hujum qilişi oqibatida halok bölganlar soni 38 nafarga yetdi. Avvalroq 20 kişi halok bölgani ma'lum qilingandi. 

"Biz 38 kişi, asosan askarlar halok bölganini va yana 18 kişi yaralanganini tasdiqlay olamiz. Fikrimça, ulardan ba'zilari qölga olinib, olib ketilgan", deb aytdi Puntlend harbiy zobiti mayor Muhammad Abdiy.

Bundan taşqari, harbiyning aytişiça, jangarilar tomondan mahalliy harbiylarga pistirma uyuştirilgan. 

"Aş-Şabob"ning köp sondagi qurollangan jangarilari bizga har tomondan hujum qildi va bir neça soatlik qaqşatqiç jangdan keyin men jangarilarni ta'qib qilgani otlanganlardan biri böldim", deb aytdi mayor.