Isroil davlati Somalilend Respublikasini mustaqil va suveren davlat sifatida rasman tan olgan birinçi davlat böldi, deb xabar berdi Isroil boş vaziri matbuot xizmati.
Tan oliş töğrisidagi deklaratsiyani Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu va Somalilend prezidenti Abdurahmon Muhammad Abdullohiy ikki davlat rahbarlarining videokonferensiyasidan söng imzoladi. Har ikki tomon tölaqonli diplomatik munosabatlar örnatiş, jumladan, elçilar almaşiş va elçixonalar oçişni boşlaşga kelişib oldi.


Netanyahu bu qadamni «tarixiy» deb atadi va «iqtisodiyot, qişloq xöjaligi, soğliqni saqlaş va texnologiya sohasidagi hamkorlikni» kengaytirişga umid bildirdi. Şuningdek, Isroil Somalilend prezidentini rasmiy taşrif bilan mamlakatga taklif qildi.
Somalilend - Şarqiy Afrikaning şimolidagi özini mustaqil deb e’lon qilgan davlat bölib, 1991 yilda Siad Barre rejimi qulaganidan keyin Somali tarkibidan ajralib çiqqan. U şundan beri amalda mustaqil davlat sifatida faoliyat yuritadi: öz hokimiyat organlari, konstitutsiyasi, valutasi, armiyasiga ega va muntazam ravişda saylovlar ötkazadi. Somalining qolgan qismiga nisbatan barqarorligi va xavfsizligiga qaramay, Somalilend öttiz yildan ortiq vaqt davomida xalqaro miqyosda tan olinmagan va rasmiy ravişda jahon hamjamiyati tomonidan Somalining bir qismi deb hisoblangan.
Endi uşbu diplomatik e’tirof Afrika va Yaqin Şarqdagi strategik dinamikani özgartirişi mumkin, çunki Somalilend Qizil dengiz va Adan körfazi sektorida muhim geografik nuqtada joylaşgan. Uşbu hudud yaqinidan jahon savdosining 10 foiz hajmi ötadi.
Qaror allaqaçon Somalining hududiy yaxlitligini qöllab-quvvatlovçi bir qator davlatlar, jumladan Misrning salbiy reaksiyasiga sabab böldi, ular mintaqa barqarorligi uçun ehtimoliy oqibatlardan xavotir bildirdi.













