Bolgariya prezidenti Rumen Radevning bayonot berişiça, u Rossiyaga qarşi sanksiyalarni bekor qilişni qöllab-quvvatlaşga tayyor. Biroq, şu bilan birga, u bu jarayonni boşlab bera olmaydi.
"Men uşbu sanksiyalarni bekor qiliş böyiça harakatlarni bajonidil qöllab-quvvatlayman, ammo, şu narsa tuşunarli bölişi kerakki, prezident mustaqil ravişda bu harakatlarni boşlay olmaydi", — degan Radev BTV telekanaliga bergan intervyuda.
Uning qayd etişiça, YeI mexanizmi şunday tuzilganki, unga a'zo bir mamlakat sanksiyalarni bekor qiliş jarayonini boşlaşi mumkin. Ertami-keçmi, bu yuz beradi, çunki özaro çeklov çoralari faqat zarar keltiradi.
Rossiya va Ğarb mamlakatlai örtasidagi munosabatlar Qrim va Ukrainadagi vaziyat tufayli yomonlaşdi. 2014 yil iyul oxirida YeI va AQŞ manzilli sanksiyalar qöllaşni boşlagan bölsa, keyinçalik, bular Rossiya iqtisodiyotining butun sohalariga joriy etila boşlandi. Bunga javoban, Rossiya ham AQŞ, YeI, Kanada, Avstraliya va Norvegiyaga qarşi sanksiyalarni kiritdi.












