Vaşingtondagi xususiy maktab direktori Diana Smit heç bölmasa har seşanba kuni turli elektronika vositalari – smartfonlar, planşetlar, televizorlar, kompyuterlardan voz keçgan 7- va 8-sinf öquvçilariga öz çöntagidan 100 dollardan mablağ tölaşga va'da berdi. Keyingi öquv yilining boşiga qadar davom etadigan bunday noodatiy aksiya haqida The Washington Post gazetasi xabar tarqatdi.

Smitning aytişiça, maktab öquvçilari kun davomida televizor, smartfonlar yoki kompyuter öyinlariga tikilib ötirişlaridan xavfsiramoqda. Uning sözlariga köra, ular şu tufayli soğligida turli muammolarga ham duç kelişi mumkin.

Ta'kidlanişiça, uşbu ayol direktorlik qiluvçi maktabda smartfonlarni darslar paytida işlatiş butunlay taqiqlangan.

May oxirida Smit öz taklifi haqida öquvçilarning ota-onalariga sözlab berdi, ular bunday taşabbusni qöllab-quvvatlaşdi. Maktab öquvçilari ham bunday tarzda pul işlab olişga qarşi emas. Ular 100 dollardan olişlari uçun 11 ta seşanbani telefonlar, kompyuterlar, planşetlar, videoöyinlar va TVsiz ötkazişi kerak.