Iroq politsiyasining jangovar tuzilmalari Mösulning IŞID nazoratida bölgan oxirgi tumanlaridan birini ozod qildi. Federal politsiya qömondoni Raiz Şakar Javdatning ma'lum qilişiça, gap Zanjili tumani haqida ketmoqda.

"Biz Zanjili tumanini töliq ozod qildik, endi tumanni minalardan tozalaş böyiça katta kölamli jarayon boşlanmoqda", deb aytgan Javdat.

Javdatning aytişiça, uning jangçilari ozod qilingan hududda raketa snaryadlari işlab çiqarilgan sex va katta miqdorda portlatgiçlar topişgan.

Mösulni ozod qiliş operatsiyasi 2016 yil oktabrdan beri davom etmoqda. Harbiylar avval şaharning şarqiy qismini ozod qilişgan, fevralda esa ğarbiy qismini ozod qiliş operatsiyasini boşlaşgan.