Somalida 5-6 iyun kunlari «Aş-Şabob» terrorçi guruhi jangarilari 4ta şaharni egallab oldi. Jangarilar uşbu şaharlar orasidagi transport aloqasini töxtatib qöygan.

5 iyun kuni Varsiiz, Kuordxir va Vararaksli, 6 iyunda esa Varmaksan şahri tösatdan u yerdan hukumat qöşinlari olib çiqilgandan keyin egallab olingan.

Ta'kidlanişiça, eng katta yöqotiş Varmaksan şahri egallab olinişi bölgan. Bu şahar ikkita muhim hudud — Afgoyye va Vanlaveynni boğlab turadi. Afgoyye poytaxt Mogadişodan 30 km, Vanlaveyn esa AQŞ aviabazasidan 20 km olisda joylaşgan. Hozirda uşbu hududlar orasida hukumat va xorijiy qöşinlar uçun transport aloqasi töxtatib qöyilgan.