Rossiya zaharlovçi moddalar zaxirasining 98,9 foizini yöq qildi. Bu haqda kimyoviy qurolni xavfsiz saqlaş va yöq qiliş böyiça Federal boşqarma boşliği general-polkovnik Valeriy Kapaşin xabar berdi.
«Rossiyada 40 ming tonna jangovar zaharlovçi moddadan 39 ming 528 tonnasi yöq qilindi, bu esa 98,9 foizga teng», - deya Kapaşinning sözlarini keltiradi Interfaks agentligi.
Uning sözlariga köra, buning uçun maxsus yaratilgan oltita obektda mahalliy zaharlovçi moddalar yöq qilingan. Işlar faqatgina sönggi obekt – Udmurtiyadagi Kizner posyolkasida davom etmoqda.
Generalning ta'kidlaşiça, Rossiyada kimyoviy qurol zaxiralarini 2017 yil oxiriga qadar butunlay yöq qiliş rejalaştirilgan.












